Fuqarolik ishlari bo`yicha Mirzo Ulug`bek tumanlararo sudining 2004 yil 28 maydagi ijro varaqasiga asosan, qarzdor O.Kadirovdan undiruvchi -- sobiq xotini A.Muxtarovaning foydasiga ijro hujjati Majburiy ijro byurosi tuman bo`limi ish yurituviga joriy yilning 19 sentyabrida kelib tushgan. Unga ko`ra, undiruvchi A.Muxtarovaga voyaga etmagan bir nafar farzandining ta`minoti uchun otasining oylik ish haqi va boshqa daromadlaridan har oyda 1/4 qism miqdorida aliment undirish belgilangan.
O`zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to`g`risida”gi Qonunning 23-moddasiga asosan, bo`lim davlat ijrochisi N.Xursandova tomonidan ijro ishi yuritishni qo`zg`atish to`g`risida qaror qabul qilingan.
Bundan tashqari qarzdor bo`limga chaqirtirilib, undan aliment pullarini o`z vaqtida to`lab borishi to`g`risida majburiyatnoma olingan va aliment pullarini o`z vaqtida to`lamagan taqdirda javobgarlikka tortilishi to`g`risida ogohlantirilgan. Qarzdorning alimentdan bo`lgan qarzdorligi 2019 yil mart oyidan 2020 yil noyabr oyiga qadar 11.914.671 so`mni tashkil qiladi. Mazkur qarzdorlik 06.11.2020 yilda ya`ni 11.915.000 so`m aliment pullari bo`lim depozit hisob raqamiga undirilgan.






