«Aholining sog`lom ovqatlanishini ta`minlash bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida»gi Prezident qaroriga ko`ra, 2021 yil 1 yanvardan boshlab sinov tariqasida Sirdaryo viloyatining tuman (shahar) ko`p tarmoqli markaziy poliklinikalarida “To`g`ri ovqatlanish va sog`lom turmush tarzi” xonalari tashkil etiladi.
“To`g`ri ovqatlanish va sog`lom turmush tarzi” xonalari:
aholiga to`g`ri ovqatlanish, sog`lom turmush tarzi va jismoniy faollik masalalarida yakka tartibda profilaktik tadbirlarni olib boradi;
respublika byudjetidan Sog`liqni saqlash vazirligiga ajratilgan mablag`lar hisobidan zarur moddiy-texnik vositalar bilan jihozlanadi;
Aholining sog`lom turmush tarzini qo`llab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirish markazining tuman (shahar) bo`linmalari shtatlarini qayta ko`rib chiqish hisobiga shakllantiriladi.
ESLATMA: 2022 yil 1 iyulga qadar eksperiment natijalarini tanqidiy tahlil qilib, uni respublikaning barcha hududlarida bosqichma-bosqich tatbiq etiladi.






