AsosiyJamiyat

Davlat arxivlari o`quv zallarida hujjatlar bilan ishlash tartibi belgilandi

'Davlat arxivlari o`quv zallarida hujjatlar bilan ishlash tartibi belgilandi'ning rasmi

Hukumat qarori (706-son, 10.11.2020 y.) bilan O`zbekiston davlat arxivlari o`quv zallarida foydalanuvchilarning arxiv hujjatlari bilan ishlash tartibi to`g`risidagi nizom tasdiqlandi.  Bu haqda "Huquqiy axborot" xabar berdi.

Foydalanuvchi davlat arxivlarining o`quv zallarida arxiv hujjatlaridan foydalanish uchun rasmiy xat yoki ariza taqdim etadi.  

 Murojaat o`sha kunning o`zida ko`rib chiqiladi.  

 3 ish kunida foydalanuvchiga o`quv zallarida ishlash uchun 1 yil muddatga ruxsatnoma taqdim etiladi.  

 Chet el fuqarosi bo`lgan foydalanuvchilar davlat arxivlari o`quv zallarida arxiv hujjatlaridan Tashqi ishlar vazirligining yozma roziligi bilan foydalanadi.  

 O`quv zalida foydalanuvchiga yig`majildlar va mikronusxalar bir oy muddatga beriladi.

 Alohida qimmatli hujjatlar (agar ularning foydalanish nusxasi bo`lmasa) foydalanuvchiga 2 haftadan ko`p bo`lmagan muddatga, noyob hujjatlar esa 5 kunga beriladi.

O`quv zallariga kirish va arxiv hujjatlaridan foydalanish bepul amalga oshiriladi.

Boshqa yangiliklar