Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, respublikamizda 2019/2020 o`quv yili boshida jami oliy ta`lim tashkilotlari soni 119 tani tashkil etgan. Mazkur oliy ta`lim tashkilotlarida jami 441,0 ming nafar talaba tahsil olmoqda.
2019/2020 o`quv yili boshida nodavlat oliy ta`lim tashkilotlari soni 24 tani tashkil etib, ularda jami 20,2 ming nafar talaba tahsil olmoqda. Bu jami talabalarning 4,6 % ni tashkil etadi.
Mamlakatimizdagi nodavlat oliy ta`lim tashkilotlari jami oliy ta`lim tashkilotlarining 20,2 % ni tashkil etadi.
Nodavlat oliy ta`lim tashkilotlari soni yillar kesimida:
2015 yil - 10 ta
2016 yil - 10 ta
2017 yil - 10 ta
2018 yil - 14 ta
2019 yil - 24 ta






