AsosiyJamiyat

Namangan – Haqqulobod yo`nalishida avtobuslar qatnovi yo`lga qo`yildi

'Namangan – Haqqulobod yo`nalishida avtobuslar qatnovi yo`lga qo`yildi'ning rasmi

Mazkur yo`nalishda hozirgi kunda 5 ta Isuzu rusumli avtobuslar belgilangan harakat jadvali asosida  har soatda qatnovlarni amalga oshirmoqda.  Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati xabar berdi.

Namangan viloyati transport boshqarmasi matbuot xizmati xabariga ko`ra ushbu yo`nalishdagi qatnovlar tonggi soat 6:00 dan boshlanib, soat 18:10 da yakunlanadi.  

Avtobuslar Namangan shahridagi “Chorsu” bekatidan Haqqulobod shaharchasi hokimlik binosi yaqinidagi bekatga qadar harakatlanadi. Yo`lkira haqi 4 ming so`m etib belgilangan.

    Boshqa yangiliklar