“O`zbekiston temir yo`llari” AJ tomonidan yo`lovchilarning zamonaviy poezdlarga bo`lgan talabini to`la qondirish maqsadida, Toshkent – Samarqand – Toshkent yo`nalishida harakatini amalga oshirayotgan 764/763-sonli “Afrosiyob” elektropoezdining reysi yana bittaga ko`paytirilmoqda. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati xabar berdi. Hozirgi kunga qadar haftada 2 marotaba (shanba va yakshanba kunlari) harakatini amalga oshirayotgan mazkur zamonaviy poezd, 2020 yil 13 noyabrdan boshlab, haftada 3 marotaba (juma, shanba va yakshanba kunlari) yo`lovchilarning uzog`ini yaqin qiladi. Shuningdek, mazkur poezdning ushbu sanadan boshlab Jizzax vokzalida ham to`xtab o`tishi yo`lga qo`yiladi. Eslatib o`tamiz, chiptalarni elektron tarzda ham bemalol xarid qilish mumkin.
|
11.11.2020 17:54
“Afrosiyob” zamonaviy poezdining reysi yana bittaga ko`paydi






