Prezident qarori (PQ-4888-son, 11.11.2020 y.) bilan Toshkent shahri tarkibida Yangihayot tumani hokimligi tashkil etildi.Bu haqda "Huquqiy axborot" ma`lum qildi.
Yangihayot tumaniga o`tkazilgan hududda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarning pochta manzili ulardan ariza yoki ma`lumot talab qilmagan holda to`g`ridan-to`g`ri elektron tizim orqali bepul o`zgartiriladi.
Eslatib o`tamiz, Yangihayot tumani Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining 2020 yil sentyabrdagi tegishli qarorlari asosida tashkil etilgan.
Hujjat haqidagi to`liq ma`lumot bilan www.lex.uz sayti orqali tanishish mumkin.