AsosiyDunyo

Yaponiyada sayyohlarni olib ketayotgan avtobus ag`darilib ketdi

Yaponiyadagi Nagano kurortiga yo`l olgan sayyohlar avtobusi yo`l chetidagi ariqqa qulab ketdi, deb xabar beradi “Lenta.ru”.

Yo`l-transport hodisasi oqibatida 14 kishi halok bo`lgan, 27 kishi tan jarohati olgan.

Avtohalokat bugun, 15 yanvar kuni tungi soat 2:00 atrofida tog` yo`lida sodir bo`lgan. 41 kishini olib ketayotgan avtobus qarama-qarshi yo`nalishga chiqib ketgan, yo`l o`rtasidagi to`siqni urib, uch metr balandlikdan pastga qulagan. Yo`lovchilarning aksariyati 20 yosh atrofidagi yoshlar bo`lgan.

Hodisa joyiga huquq-tartibot organlari xodimlari va tez tibbiy yordam etib kelgan. Jarohatlanganlar shifoxonaga yotqizilgan, ulardan 19 nafarining ahvoli og`ir.

Polisiya ma`lumotlariga ko`ra, yo`lda muzlash kuzatilmagan, ob-havo sharoitlari ham yaxshi bo`lgan. Hozirda YTH sabablari o`rganilmoqda.

    Boshqa yangiliklar