1

Farg`onada talonchilik qilgan shaxs atigi 200 ming so`mlik telefonni deb 10 yilga qamalishi mumkin

Jinoyat 13.11.2020, 00:24
Farg`onada talonchilik qilgan shaxs atigi 200 ming so`mlik telefonni deb 10 yilga qamalishi mumkin

Voqea joriy yilning 10 noyabr kuni soat 04:08 da sodir bo`ldi. 31 yoshli N.S. ismli ayol Shifokor mahallasi hududidagi “Shifobaxsh Chimyon” nomli dorixona tomon harakatlanib ketayotgan edi. 

Shu vaqt, yonidan noma`lum shaxs velosiped boshqarib, chamasi 30 metr masofa o`tib qoldi. So`ng, velosipedini tashlab, uning qarshisiga keldi va zo`rlik ishlatib, qo`lida bo`lgan narxi 200.000 so`mlik “Lenovo” rusumli uyali telefon apparatini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilib, velosipediga minib hodisa joyidan yashirindi.

Mazkur holat yuzasidan talonchi shaxsga nisbatan zo`rlik ishlatib yoxud qo`rqitib sodir qilingan ishi uchun jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Ushbu jinoyatni issiq izidan ochish maqsadida bir qator tergov-tezkor harakatlari olib borildi. Natijada jinoyatni muqaddam bir necha marotaba bosqinchilik va o`g`irlik jinoyatlari sodir etgan Konchilar mahallasida istiqomat qiluvchi 31 yoshli Sh.M. sodir etgani aniqlandi. 

Tergovga qadar tekshiruv vaqtida Sh.M.ning turmush o`rtog`i yuqoridagi talonchilik yo`li bilan egallab olingan uyali telefon apparatini eri ish xonasiga yashirib qo`yganligini aytadi va fuqarolik burchini anglagan holda ichki ishlar idorasi xodimlariga telefonning qaerdaligini ma`lum qilgan. Natijada telefon Sh.M.,ning xizmat xonasidagi supurgilar orasidan topilgan. 

Tergov harakatlari jarayonida Sh.M.,ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi JKning 166-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan ayblov e`lon qilinib, “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo`llanilgan.

Farg`ona viloyat Ichki ishlar boshqarmasi yuqoridagi ko`rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs o`n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkinligi haqida eslatib o`tadi.


 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1