AsosiyShou-biznes

"Baron" taqdimotiga xorijiy OAVlar tashrif buyurdi

Ayni damda Alisher Navoiy kinosaroyida uzoq kutilgan "Baron" filmining OAV vakillari uchun yopiq taqdimoti o`tayapti. Marosimni yoritish uchun xalqaro OAV vakillari tashrif buyurdi. Rossiyaning RIA Novosti, Turkiyaning TRT kabi telekanallari shular jumlasidan. Taqdimotga tashrif buyurganlar orasida taniqli sport va san`at vakillari Ravshan Ermatov, Rishod Sobirovlar bor. Rejissyor taqdimot avvalida tashrif buyurganlarga minnatdorchilik bildirib, o`zbek kinosi sohasi ham o`zbek sporti singari dunyoga chiqishiga ishonch bildirdi.

    Boshqa yangiliklar