AsosiyJamiyat

Biz shundoq ham bilamiz: sizlar «zo`r»sizlar — Kusherbaev audiosi tarqalgan Andijon hokimiga

'Biz shundoq ham bilamiz: sizlar «zo`r»sizlar — Kusherbaev audiosi tarqalgan Andijon hokimiga'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonovga tegishli ekani aytilayotgan audio tarqalmoqda.

 Muhokama bo`layotgan mazkur audio yuzasidan deputat Rasul Kusherbaev  munosabat bildirdi. 

Bir shaxsda vakolatlarning haddan ortiq ko`p bo`lishi atrofdagilarga qimmatga tushadigan xatolarga sabab bo`ladi. Ustiga ustak agar bunday vakolat egasi tarbiyadan yiroq, muomila madaniyati yo`q, bilimi past, ikkiyuzlamachi bo`lsa bu – chinakam fojea.

 Ko`plab amaldorlarning qo`pol muomilasi va qonunlarga «tupurib qo`yib» feodal zamon kabi kimni istasa o`shani «15 sutkaga» qamatib yuborish prinsipi yaqin tarixda paydo bo`lib qolgan boshqaruv uslubi emas. Men buni Lenin inqilobidagi «hokimiyat, boshqaruvni dehqon va yupunlarga ber», degan siyosatning oqibati, deb bilaman.  

 O`z davrida bilim, odamlar bilan ishlash ko`nikmasiga ega bo`lmagan bir guruh zaif odamlarning boshqaruvga kelishi tabiiy ravishda ular tomonidan qo`rqitish, so`kish, do`q po`pisa qilish orqali boshqarish  «instituti»ga asos solinishiga sabab bo`lgan. Va bu «institut»ning usullari bizda hali ham meva berishda davom etayapti.

 Andijon hokimi masalasida esa hokim buni qachon aytgani muhimmas, muhimi u Lenin sabab boshlangan «boshqaruv maktabi»ning sodiq vorisi bo`lib, vakillik, sud organlari ustidan amalda mutlaq hokimiyat o`rnatib olgan feodal zamoniga mos insonligi.  

 O`zbekiston inson huquqlarini himoya qilish, majburiy mehnat va boshqalarga qarshi kurashib, dunyoga yuz tutib borayotgan bir vaqtda qanchalar hunuk va sharmandali holat: hech bo`lmasa demokratiya hurmati uchun ham hokim janoblari Andijonning «hokimi mutlaq» ekanligini bildirib, maqtanmasa bo`lardiku. Biz shundoq ham bilamiz: sizlar «zo`r»sizlar!" deyiladi munosabatda. 

    Boshqa yangiliklar