AsosiyJamiyat

Beeline abonentlar tomonidan eng ko`p beriladigan 5 savolga javob berdi

Beeline aloqa operatori abonentlari tomonidan berilgan eng ko`p savollar reytingini taqdim etdi.

1-savol:“Boshqa raqamga hatolik bilan yuborgan mablag`imni qanday qilib qaytarishim mumkin?”

Javob: bunday vaziyatda kompaniya ofisiga chek bilan tashrif buyurib ariza yozish lozim.

2-savol: “Do`st va tanishlarimdan ularning balanslariga mening balansimdan mablag` o`tkazish haqidagi SMS kelganda nima qilishim kerak bo`ladi?”

Javob: abonent shunga “Xisobimni to`ldir” so`rovlarni qabul qilishni taqiqlab qo`yishi mumkin, buning uchun *143*0# kodini terish lozim. Xizmatni qayta yoqish uchun *143*1# kodini terish lozim.

3-savol: “Menga sirli raqamdan qo`ng`iroq qilishdi. Qanday qilib raqamni bilish mumkin?”

Javob: qo`ng`iroqlar detalizatsiyasidan foydalanish uchun “Shaxsiy kabinet” xizmatidan foydalanish, yoki Beeline ofisiga passport bilan tashrif buyurish lozim. “AntiAON” xizmati yoqilgan boshqa aloqa operatori raqamlaridan amalga oshirilgan qo`ngiroqlar raqamini aniqlashni kompaniya kafolatlamaydi”.

4-savol: ““Roumingda bo`la turib xizmatlarni yoqish va o`chirish mumkinmi?”

Javob: Roumingda avvaldan to`lov tizimi abonentlari SMS yoki USSD-so`rovlar yordamida xizmatlarni boshqarishlari mumkin.

5-savol: “Men telefonimni yo`qotib qo`ydim va raqamimni bloklab qo`ymoqchiman. Keyinchalik yangi SIM-kartani eski raqam bilan yoqtirish imkoni bormi?”

Javob: ha, abonent $0,5 to`lab, eski raqami va tarif rejasini saqalb qolgan holda yangi SIM-karta olishi mumkin.

 

    Boshqa yangiliklar