16 yanvar kuni soat 10.00 dan 12.00 gacha O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vaziri Ulug`bek Inoyatov bilan onlayn-muloqot bo`lib o`tadi.
Onlayn-muloqot Vazirlikning rasmiy veb-sayti www.uzedu.uz’dagi forumida bo`lib o`tadi. Bundan tashqari, murojaatlarni press@xtv.uz elektron pochtasi orqali yuborish mumkin. Istalgan odam ushbu muloqotda ishtirok etish imkoniga ega bo`ladi.
Vazir nafaqat savollarga javob beradi, balki ta`lim sohasidagi faoliyatni takomillashtirishga doir takliflarni ham qabul qiladi.
Vazirga maktabgacha ta`lim, umumta`lim, ixtisoslashtirilgan maktab hamda sport va musiqa maktablariga oid savollar yuborish mumkin.





