1

G`ijduvon tumanida o`g`irlik jinoyatini sodir qilgan shaxs qo`lga olindi

Jinoyat 14.11.2020, 07:15
Teglar: G`ijduvon tumanida, o`g`irlik jinoyati
G`ijduvon tumanida o`g`irlik jinoyatini sodir qilgan shaxs qo`lga olindi

2020 yil 18 oktyabr kuni G`ijduvon tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi navbatchilik qismiga tumanning "Amirobod" mahallasi "Yuqori Arabxona" qishlog`ida yashovchi, 1988 yilda tug`ilgan S.T. qo`ng`iroq qilib, shu kuni soat 12:30 dan 15:00 ga qadar bo`lgan vaqt oralig`ida noma`lum shaxs fermer xo`jaligiga qarashli dala shiyponi omborxonasidan jami 5.000.000 so`m naqd pullarini o`g`irlab ketganligini bildirgan.

Ushbu holat yuzasidan voqea joyiga chiqqan ichki ishlar bo`limi tergov-tezkor guruhi tomonidan hodisa sodir bo`lgan joy ko`zdan kechirilganda, haqiqatdan ham o`g`irlik holati sodir etilganligi qayd etilib, holat yuzasidan noma`lum shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan hamda kechiktirib bo`lmas tezkor surishtiruv va tergov harakatlari boshlab yuborilgan.

Tuman Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasining qilni qirq yoruvchi operativ xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor surishtiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni, G`ijduvon tumani "Amirobod" mahallasida yashovchi, 1990 yilda tug`ilgan S.B. sodir qilganligi aniqlangan.

Hozirda, jinoyat ishida gumon qilinuvchi 30 yoshli S.B.ga nisbatan tergov harakatlari olib borilmoqda, deya xabar berdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1