AsosiyDunyo

COVID-19ga qarshi cheklovlar qachon bekor qilina boshlashini ma`lum qilindi

'COVID-19ga qarshi cheklovlar qachon bekor qilina boshlashini  ma`lum qilindi'ning rasmi

COVID-19 tarqalishini jilovlash maqsadida joriy etilgan ijtimoiy va iqtisodiy cheklovlarni barqaror bekor qilish dunyo bo`yicha kelasi yilning o`rtalaridan boshlanadi, deb xabar berdi Sputnik manbasi Oxford Economics analitik kompaniyasi ma`lumotlariga tayanib.

Dunyoning turli nuqtalarida iqtisodiy o`sishga qaytish aholini koronavirusga qarshi umumiy emlash va immunlashga bog`liq tarzda kechadi. Evrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen payshanba kuni bo`lib o`tgan Parij tinchlik forumida ana shunday fikr bildirdi. Qayd etilishicha, vaksinasiya kompleks dasturi ko`plab oylarni oladi, bu esa pandemiya tufayli kiritilgan cheklovlarning barqaror va tizimli bekor qilinishi faqatgina 2021 yilning o`rtalaridan boshlanadi, degan fikrni tasdiqlaydi.

Germaniya biotexnologik kompaniyasi BioNTech va AQSh farmasevtika giganti hisoblangan Pfizer sal oldin uchinchi faza sinovlari muvaffaqiyatli o`tgani haqida xabar bergandi. Vaksina COVID-19ning oldini olishda 90 foizdan ortiq samaradorlik ko`rsatgan. AQSh vaksinani ro`yxatga o`tkazish uchun arizani noyabr oyida berishni rejalashtirmoqda. E`tirof etilishicha, Pfizer-BioNTech vaksinasi yuqori darajada samarador ekanligi haqidagi xabarlar, hozircha dunyo iqtisodiyoti normal holati tiklanishida eng katta odimdir. Biroq ekspertlarning fikricha, normal hayotga qaytish, ehtimol, uzoq davom etishi mumkin.

Agar qator boshqa vaksinalar paydo bo`lmasa, ko`rinib turibdiki, dunyo aholisining aksariyati kelasi yilda ham vaksina ololmaydi. Vaksina tarqatilishi bilan bog`liq ma`lum qiyinchiliklarga qo`shimcha ravishda, Pfizer kompaniyasi shuni ma`lum qildiki, joriy yil yakuniga qadar preparat faqat 50 million dozada, kelasi yil esa 1,3 milliard dozada chiqariladi.

Bu miqdor 2021 yilning yakuniga kelib 675 million kishini yoki dunyo aholisining 8 foizini vaksinalash uchun etarli, xolos.

Ma`lumot uchun, bugungi kunda Rossiyada koronavirusga qarshi uchta vaksina mavjud. Ular Gamaleya nomidagi institutning "Sputnik V", "Vektor" ilmiy markazining "EpiVakKorona" va Rossiya Fanlar akademiyasining Chumakov nomidagi markazda yaratilgan vaksinalardir.

Boshqa yangiliklar