Avval xabar qilinganidek, ayni daqiqalarda AOKAda Oliy ta`lim vazirligi mutasaddilari ishtirokida matbuot anjumani bo`lib o`tmoqda. Unda darslarni karantin qoidalari asosida tashkil etish bo`yicha ma`lumotlar berildi.
«Oliy ta`lim va Sog`liqni saqlash vazirliklari o`rtasida qo`shma qaror imzolangan bo`lib, unda an`anaviy ta`lim qanday tartibda tashkil etilishi belgilangan.
Har bir oliy ta`lim muassasi hududdagi tibbiyot muassasalari bilan hamkorlikda ishlaydi.
Auditoriyalarga belgilangan sig`imning 50 foizigacha talabalar kiritiladi. Ya`ni, 30 kishilik auditoriyaga 15 nafar talaba kiritiladi», — dedi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi bosh boshqarma boshlig`i Abduvali Xoliqov.
Eslatib o`tamiz, 2020 yil 16 noyabr kunidan O`zbekiston OTMlarida an`anaviy darslar boshlanadi. Sal avval OTMlarda an`anaviy ta`lim qay tartibda yo`lga qo`yilishi ma`lum qilindi.






