1

Jizzaxda oson boyimoqchi bo`lgan yigit internet firibgarlari tuzog`iga tushdi

Jinoyat 15.11.2020, 16:09
Jizzaxda oson boyimoqchi bo`lgan yigit internet firibgarlari tuzog`iga tushdi

O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi birlashgan tahririyati ma`umotiga ko`ra, jizzaxlik fuqaro internet orqali AQShlik firibgarlar tuzog`iga tushgan.

Albatta, firibgar uchun usul yoki vositaning farqi yo`q. Bir ilojini topib, kimnidir qaqshatib, pul topsa bo`ldi. Odatda ular oson yo`l bilan topiladigan katta boylikni va`da qilishadi. 

Jizzax shahrining Sayiljoyi mahallasida yashovchi, 1992 yilda tug`ilgan B.A. ham ana shunday “foydali” taklif sabab jabrlanuvchiga aylandi.

Ma`lum bo`lishicha, B.A. ijtimoiy tarmoq orqali o`zini AQSh fuqarosi Riki, deya tanishtirgan shaxs bilan bir muddat muloqot qilgan. Qisqasi, Riki gap orasida “do`sti”ga 45 ming AQSh dollari miqdorida yordam berishi mumkinligini bildiradi. Faqat bu pul etkazib berilishi uchun Riki aytgan hisob-raqamga B.A. 1256 AQSh dollari ko`chirishi kerak edi. Xullas, shu yilning 28 sentyabrida B.A. aytilgan pulni o`tkazib beradi.

Ammo dollar o`tkazilishi hamonoq Riki bilan aloqa uziladi...

Tabiiyki, chet ellik firibgarlar tuzog`iga tushgan yigitcha voqea yuzasidan ichki ishlar organlariga murojaat qilgan. Hozirda bo`lib o`tgan holat bo`yicha tegishli tartibda jinoyat ishi qo`zg`atilib, surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1