1

O`rtachirchiq tumani va Olmaliq shahar fuqarolaridan yirik miqdorda “marixuana” olindi

Jinoyat 15.11.2020, 22:09
O`rtachirchiq tumani va Olmaliq shahar fuqarolaridan yirik miqdorda “marixuana” olindi

Toshkent viloyati, O`rtachirchiq tumani, “Uyg`ur” MFYda yashovchi, muqaddam sudlanmagan, 37 yoshli fuqaro X.A.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko`zdan kechirilganda, yotoqxonasidagi ko`k rangli polietilen paketlarda va molxonasidagi oq rangli xo`jalik qoplariga solingan holdagi vazni 8.360 gr “marixuana” giyohvand moddasini sotish maqsadida saqlab kelayotganligi aniqlanib, xolislar ishtirokida hujjatlashtirilib olindi. Bu haqda IIV JQBB Giyohvandlik vositalari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi kurashish boshqarmasi  xabar berdi.

Holat yuzasidan X.A.ga nisbatan O`rtachirchiq tumani IIB huzuridagi Tergov bo`linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 25,273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Shuningdek, Olmaliq shahar, Qatortol ko`chasida yashovchi, 28 yoshli fuqaro D.A. A.Temur ko`chasida maqsadsiz yurganligi sabab  xolislar ishtirokida ko`zdan kechirilganda, egnidagi qora rangli sport kiyimining cho`ntagida oq rangli polietilen paketga o`ralgan holdagi vazni 202,3 gr “marixuana” giyohvand moddasi borligi aniqlanib, xolislar ishtirokida hujjatlashtirib olindi.

Holat yuzasidan D.A.ga nisbatan Olmaliq shahri IIB huzuridagi Tergov bo`linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1