Bugun Qashqadaryo viloyati hokimligida Prezidentning joriy yil 12-13 noyabr kunlari viloyatga tashrifi davomida berilgan topshiriqlar ijrosini o`z vaqtida ta`minlash va hududni kompleks rivojlantirish masalalariga bag`ishlangan yig`ilish o`tkazildi.Bu haqda hokimlikning Matbuot xizmati ma`lum qildi.
- Prezidentimiz "Bu erga kelishimdan asosiy maqsad – sizlar bilan birga hudud rivojiga kuchli turtki berish bo`yicha aniq vazifa va chora-tadbirlarni belgilab olish. Qashqadaryo o`zining salohiyatiga mos yashamayapti, mamlakatimizning ko`pgina hududlaridan ancha orqada", deya ta`kidlaganlari bejiz emas, - dedi yig`ilishga rahbarlik qilgan viloyat hokimi Zoyir Mirzaev. - Maktablar yanada zamonaviylashadi va 2021 yilda birorta paxsa devorli ta`lim muassasalari qolmaydi. Kerak bo`lsa, filial maktablar ham alohida ajralib chiqadi.
Yig`ilish yakunida har bir sohani nazorat qilish bo`yicha ishchi guruhlar tuzilib, ular orqali mablag`larni maqsadli va eng qoloq nuqtalarga yo`naltirishga kelishib olindi.
Eslatib o`tamiz, Qashqadaryo viloyati faollari, mahalliy kengash deputatlari, vazirlik va idoralar rahbarlari ishtirokida o`tkazilgan yig`ilishda prezident paxsadan qurilgan maktablarni tanqid qilgan edi.






