AsosiyJamiyat

Xalq ta`limi vaziri Ulug`bek Inoyatov 3 soatda 107 ta savolga javob qaytardi

Avval xabar berganimizdek, bugun xalq ta`limi vaziri Ulug`bek Inoyatov bilan onlayn muloqot bo`lib o`tdi.

Onlayn muloqot vazirlikning rasmiy forumida tashkil etilib, unda xalq ta`limi tizimiga oid shikoyat, taklif va mulohazalar bildirildi.

Onlayn muloqot ikki soatga mo`ljalangan bo`lsada, forum ishtirokchilari tomonidan bo`lgan qiziqishning kattaligi va savollar oqimini ko`pligi sabab muloqot yana bir soatga uzaytirildi.

Muloqot davomida Ulug`bek Inoyatov maktabgacha ta`lim, umumiy o`rta ta`lim, “Barkamol avlod” bolalar markazlari, bolalar musiqa va san`at maktablari, bolalar va o`smirlar sport maktablari, malaka oshirish tizimiga oid jamoatchilik savoliga onlayn rejimda real vaqtda javob qaytardi.

3 soatdan ko`proq davom etgan muloqot davomida foydalanuvchilardan forum, vazirlikning elektron pochta manzili va “ishonch telefoni” ga kelib tushgan 107 ta savolga tezkorlik bilan javob qaytarildi. Qolaversa, forum ishtirokchilarining sohani rivojlantirish, ta`lim-tarbiya sifatini yaxshilash, pedagog kadrlarni rag`batlantirish va ularning har tomonlama qo`llab-quvvatlash borasida bildirilgan takliflari o`rganib chiqish uchun qabul qilindi.

Jamoatchilik bilan aloqalarni yanada yaxshilash, ayniqsa, internet tarmog`i orqali tezkor axborot almashish tizimini joriy etish maqsadida bu kabi jonli muloqotlarni tez-tez o`tkazishga qaror qilindi.

 

    Boshqa yangiliklar