AsosiyJinoyat

Farg`onada "Damas" avtomashinasi ichida psixotrop moddalar borligi aniqlandi

'Farg`onada "Damas" avtomashinasi ichida psixotrop moddalar borligi aniqlandi'ning rasmi

9 noyabr kuni Qo`qon shahar IIO FMB JQB va DXX xodimlari bilan xamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbiri davomida, Uchko`prik tumani, Toshkentli guzar qishlog`ida joylashgan chorrahada A.I. boshqaruvidagi “Damas” rusumli avtomashina to`xtatilib xolislar ishtirokida tekshirilganda avtomashinani orqa o`rindig`idan 1 dona qora rangli selofanda 20 dona quticha ichida 80 dona konvalyutalarda jami 1120 dona “LIRIKA” 300 mg yozuvli tabletkalar borligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.Bu haqda Farg`ona viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan Qo`qon shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo`limi tomonidan Jinoyat kodeksining 251 prim 1-moddasi 3-qismi (kuchli ta`sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Boshqa yangiliklar