AsosiyJamiyat

Yana bir mudira shaxsiy mashinasini poliklinika xodimiga tozalatdi, natijada...

'Yana bir mudira shaxsiy mashinasini poliklinika xodimiga tozalatdi, natijada...'ning rasmi

Sal avval ijtimoiy tarmoqlarda poytaxtimizning Chilonzor tumanidagi 33-oilaviy poliklinkada “Yangi O`zbekistonda hamshira va shifokorlar bosh vrach mashinasini yuvadi…” nomli rasm va post e`lon qilingan edi. Shundan so`ng, mazkur poliklinika bosh vrach o`rinbosari Oydin Holmurodova holatni rad etdi.

Kuni-kecha esa ijtimoiy tarmoqlarda yana bir surat tarqaldi. Aniqlanishicha, To`rtko`l tumani tibbiyot birlashmasi 2-son ko`p tarmoqli poliklinikasining bo`lim mudirasi E.B. ish jarayonida o`ziga tegishli bo`lgan avtomashinani shu poliklinikada farrosh bo`lib ishlovchi K.G.ga tozalatgan.

Xushnudbek Xudoyberdievning yozishicha, E.B. Mehnat kodeksining 177-moddasi ikkinchi qismidagi talablarini buzganligi sababli Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 49-moddasiga asosan tuman Davlat mehnat huquqi inspektori tomonidan bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari (1 mln 115 ming so`m) miqdorida jarima solindi.

    Boshqa yangiliklar