AsosiyJamiyat

Baliqchi tumani XTB tomonidan yangi yilga 20 ming so`mdan pul yig`ilayotgani rad etildi. Mudiraning familiyasi boshqa ekan

'Baliqchi tumani XTB tomonidan yangi yilga 20 ming so`mdan pul yig`ilayotgani rad etildi. Mudiraning familiyasi boshqa ekan'ning rasmi

Joriy yilning 17 noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda “Baliqchi tumani xalq ta`limi bo`limi tomonidan yangi yil bayramini nishonlash uchun 20 ming so`mdan pul yig`ilmoqda” sarlavhasi ostida xabar tarqalgan. 

Xabarga Andijon viloyati xalq ta`limi boshqarmasi tomonidan raddiya berildi.

"Baliqchi tumani xalq ta`limi bo`limi mudirasi N.Xomidova tomonidan noyabr oyidan boshlab o`quvchilardan 20 ming, o`qituvchilaridan 50 ming so`mdan bayram tadbirlariga pul yig`ilganligi to`g`risidagi xabar to`la asossiz (FEYK) xabar ekanligini ma`lum qilamiz. Chunki Baliqchi tumani xalq ta`limi mudirasi xabarda keltirilgandek N.Xomidova emas balki N.Hakimova ekanligini bildirib qolamiz", deyiladi raddiyada.

    Boshqa yangiliklar