Ichki ishlar vazirining shaxsiy tarkib bo`yicha buyrug`i bilan lavozim tayinlovlari amalga oshirildi.

Podpolkovnik Raimov Murat Taxirovich
Toshkent shaxar Yangihayot tumani bo`yicha IIO FMB boshlig`i lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar M.Raimov Samarqand viloyati IIB terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasi boshlig`i lavozimida faoliyat yuritgan.

Podpolkovnik Boyxonov Umidjon Obidjon o`g`li
Namangan viloyati Namangan shahri Davlatobod tumani IIB boshlig`i lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar U.Boyxonov Namangan viloyati IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi boshlig`ining birinchi o`rinbosari-o`zgalar mulkini talon-taroj qilishga qarshi kurashish bo`limi boshlig`i lavozimida faoliyat yuritgan.

Kapitan Muxitdinov Azim Baxronovich
Navoiy viloyati G`ozg`on shahar IIB boshlig`i lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar A.Muxitdinov Navoiy viloyati Nurota tumani ichki ishlar bo`limi 9-sonli Ichki ishlar bo`linmasi boshlig`i lavozimida faoliyat yuritgan.






