AsosiyJamiyat

Farg`onada ishchi 12 metrlik chuqurdan qutqarib olindi

'Farg`onada ishchi 12 metrlik chuqurdan qutqarib olindi'ning rasmi

Mazkur hodisa joriy yilning 17-noyabr kuni Farg`ona viloyatida qurilayotgan avtomobillarga xizmat ko`rsatish shahobchalaridan birida sodir bo`lgan. Bu haqda FVV xabar bermoqda. 

Ma`lum bo`lishicha, ushbu shahobcha uchun qazilgan 12 metrlik chuqurda ishlayotgan ishchi-xodim keyinchalik u erdan chiqa olmagan. Voqeaga guvoh bo`lganlar darhol viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi qutqaruv guruhini yordamga chaqiradilar. Qisqa muddat ichida etib kelgan qutqaruvchlar quruvchini chuqurlik ichidan olib chiqadilar. Fuqaroga hech qanday tan jarohati etmagan.

    Boshqa yangiliklar