2016-yilning 19-21-yanvar kuni tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi O`zbekiston Respublikasi delegasiyasi AQShga tashrif buyuradi. Bu haqda tashqi ishlar vazirligi rasmiy sayti xabar bermoqda.
Tashrif davomida Vashington shahrida O`zbekiston-AQSh siyosiy maslahatlashuvlarining navbatdagi raundi, Davlat departamenti va boshqa muassasalarda ikki tomonlama uchrashuvlar va muzokaralar o`tkazish ko`zda tutilgan.





