Sog`liqni saqlash vaziri o`rinbosari Shohrux Shorahmetovning aytishicha, bu yil byudjetdan Sog`liqni saqlash vazirligi tizimiga 14 trln. so`mdan ortiq mablag` ajratish rejalashtirilgan.
Pandemiya davrida qo`shimcha 3 trln. so`mdan ziyod pul ajratildi. Bu 300 mln dollardan oshiq summa.
Mazkur mablag`ning yarmi shifokorlar va tibbiyot muassasalarida ishlaydigan xodimlar uchun maxsus to`lovlarga sarflangan bo`lsa, qolgani qurilish ishlariga, shaxsiy himoya vositalari xaridiga yo`naltirildi.
Vazir o`rinbosarining ta`kidlashicha, kelgusida ushbu mablag`larning maqsadli sarflanishi va bu borada har qanday qonunbuzilish holatlariga yo`l qo`ymaslik uchun zaruriy chora-tadbirlar ishlab chiqilmoqda.
AOKA press-xolida tashkil etilgan matbuot anjumanidan.






