AsosiyJamiyat

Zarbdorda noqonuniy ishdan bo`shatilgan o`qituvchi MIBning yordami bilan ishga tiklandi

'Zarbdorda noqonuniy ishdan bo`shatilgan o`qituvchi MIBning yordami bilan ishga tiklandi'ning rasmi

Fuqarolik ishlari bo`yicha G`allaorol tumanlararo sudining  2020 yil 29 oktyabrdagi ijro hujjatiga asosan Zarbdor tumani Xalq ta`limiga qarashli 1-sonli umumiy o`rta ta`lim maktabining 2020 yil 2 sentyabrdagi  75-sonli “mehnat shartnomasini bekor qilish to`g`risida”gi buyrug`i g`ayriqonuniy deb topilgan. Uni bekor qilish hamda undiruvchi Sh.Elchiboevni ushbu maktabga jismoniy tarbiya fani o`qituvchisi lavozimiga ishga tiklash belgilangan.

Mazkur ijro hujjati Majburiy ijro byurosi Zarbdor tuman bo`limi ish yurituviga 2020 yil 6 noyabrda kelib tushgan.

Ijro harakatlari davomida undiruvchi Sh.Elchiboev Zarbdor tumani Xalq ta`limiga qarashli 1-sonli umumiy o`rta ta`lim maktabiga jismoniy tarbiya fani o`qituvchisi lavozimiga ishga tiklanishi ta`minlandi.

    Boshqa yangiliklar