AsosiyJamiyat

Qozog`istonda o`zbekistonlik shaxs qul qilingani tasdiqlanmadi

'Qozog`istonda o`zbekistonlik shaxs qul qilingani tasdiqlanmadi'ning rasmi

Ommaviy axborot vositalarida tarqalgan Qozog`istonda O`zbekiston fuqarosining mehnat qulligida ushlab turilgani to`g`risida xabarlarga Tashqi ishlar vazirligi munosabat bildirdi. 

 Mamlakatimizning Aqtau shahridagi Bosh konsulxonasi ma`lum qilishicha, Aqto`be viloyati polisiya departamenti ma`lumotlariga ko`ra, Qozog`iston hududida noqonuniy ravishda bo`lgan shaxslarni topish bo`yicha rejali tadbirlar davomida 1962 yil 2 mayda tug`ilgan O`zbekiston Respublikasi fuqarosi M.B. aniqlangan. Uning ish beruvchisiga nisbatan Qozog`iston Jinoyat kodeksining 128-moddasida ko`zda tutilgan «Odam savdosi» bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

M.B. Qozog`istonga 1996 yilda kelgan, 2004 yilda doimiy yashash ruxsatnomasini olgan va Qozog`istonda muntazam yashaydi.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari bilan suhbat chog`ida M.B. hozirgi ish beruvchisiga nisbatan shikoyati yo`qligini, ish, yashash va ish haqi shartlari o`zini qoniqtirishini, O`zbekistonga qaytish niyati yo`qligini va Olmaota shahriga, Qozog`iston fuqarosi bo`lgan qizining uyiga ko`chib o`tishni rejalashtirayotganini bildirdi.

Jinoiy ish alomatlari yo`qligi va mehnat qulligi faktlari tasdiqlanmagani munosabati bilan qo`zg`atilgan jinoiyat ish yopildi.

Qozog`iston hududida bo`lib turgan O`zbekiston fuqarolari zarur hollarda mamlakatimizning Nur-Sulton shahridagi Elchixonasiga (Nur-Sulton shahri, Aqmo`la, Shimoliy Qozog`iston, Pavlodar, Qostanay va Qarag`anda viloyatlari, tel.: +7-717-295-45-87, +7-777-218-20-10 (Telegram, Vatsapp, Imo); Aqtau shahridagi Bosh konsulxonaga (Aqto`be, Atirau, G`arbiy Qozog`iston va Mangistau viloyatlari, tel.: +7-29-277-71-17, +7-777-599-00-50, +7-777-599-00-51); Olmaota shahridagi Bosh konsulxonaga (Olmaota shahri, Chimkent shahri, Olmaota viloyati, Sharqiy Qozog`iston, Turkiston, Jambil va Qizilo`rda viloyatlari, tel.: +7-727-299-20-70, +7-727-390-26-16) murojaat qilishlari mumkinligi eslatib o`tilgan.

    Boshqa yangiliklar