AsosiyJamiyat

Toshkent shahri dunyoning eng arzon shaharlari uchligida

'Toshkent shahri dunyoning eng arzon shaharlari uchligida'ning rasmi

The Economist nashri dunyoning yashash uchun eng arzon va eng qimmat bo`lgan shaharlari ro`yxatini e`lon qildi. 2020 yil boshidan dunyoning 130 dan ortiq shaharlari bo`yicha o`tkazilgan tadqiqotlarda Covid-19 pandemiyasining iste`mol tovarlari narxiga qanday ta`sir etgani o`rganilgan. Unga ko`ra, Toshkent shahri eng arzon shaharlar ro`yxatida Damashqdan keyingi 2-o`rinni egallagan.

Eng arzon shaharlar beshtaligi:

  1. Damashq / Suriya;
  2. Toshkent / O`zbekiston;
  3. Lusaka / Zambiya;
  4. Karakas / Venesuela;
  5. Almata / Qozog`iston.

Shuningdek, eng qimmat shaharlar beshtaligi quyidagicha:

  1. Syurix / Shveysariya;
  2. Parij / Fransiya;
  3. Gongkong / Xitoy;
  4. Singapur / Singapur;
  5. Tel-Aviv / Isroil.

 

    Boshqa yangiliklar