Namangan viloyatining Pop tumanida 130 kilovatt quvvatga ega bo`lgan quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirildi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning mamlakatimizni 2015 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016 yilga mo`ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo`nalishlariga bag`ishlangan Vazirlar Mahkamasi majlisidagi ma`ruzasida qayd etilishicha, hozircha ushbu loyiha sinovdan o`tkazilmoqda.
2020 yilga borib mamlakatimizda har biri 100 megavatt quvvatga ega yana uchta quyosh elektr stansiyasini foydalanishga topshirish rejalashtirilmoqda.





