AsosiyJamiyat

O`zbekistonning 40 yoshgacha bo`lgan istiqbolli rahbarlari nomi e`lon qilindi

'O`zbekistonning 40 yoshgacha bo`lgan istiqbolli rahbarlari nomi e`lon qilindi'ning rasmi

Bu haqda «Yuksalish» umummilliy harakati matbuot xizmati ma`lumot berdi.

So`nggi yillarda O`zbekistonda yoshlarga, shu jumladan, davlat boshqaruvida yosh kadrlarga ishonch bildirilmoqda. Ekspertlarning baholashiga ko`ra, qator vazirlik va idoralarda yangicha fikr yurituvchi kadrlar mas`uliyatli lavozimlarga tayinlangan.

Strategik fikrlash, yuqori malaka, tashabbuskorlik, o`zgarishlarga ochiqlik va keng dunyoqarash. Muvaffaqiyatli boshqaruvchilarni ushbu sifatlar bilan ta`riflash mumkin. 

 O`tgan yili «Yuksalish» umummilliy harakati Ijtimoiy va iqtisodiy tashabbuslar instituti bilan hamkorlikda har yili 40 yoshgacha bo`lgan O`zbekistonning istiqbolli yosh rahbar kadrlari reytingini tuzgan edi. Va respublikaning progressiv boshqaruv kadrlari Top-35 ro`yxati shakllantirilgandi.

Joriy yilda ekspertlar tomonidan 100 nafar nomzodlar orasidan (o`tgan yili 60 nafar) yangilangan ro`yxat shakllantirildi. Bu gal ular orasidan 40 nafar nomzod tanlandi. Bunda nomzodlarning yoshi, ma`lumoti, kasb yo`li, jamoatchilik orasida tanilganlik, ularning islohotlar jarayonida ishtirok etish va ta`sir darajasi inobatga olindi.

Yangi reytingga birinchi marta kiritilganlar:

·       Agzam Ikramov, Davlat statistika qo`mitasi raisi o`rinbosari;

·       Akmalxon Ortikov, iqtisodiy taraqqiyot va kambag`allikni qisqartirish vazirining birinchi o`rinbosari;

·       Bekzot Mavlonov, Prezident administrasiyasining Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish departamenti rahbari;

·       Bobur Abdinazarov, iqtisodiy taraqqiyot va kambag`allikni qisqartirish vaziri o`rinbosari;

·       Botir Zohidov, Markaziy bank raisi birinchi o`rinbosari — Boshqaruv raisi;

·       Diana Bayzakova, Xalqaro arbitraj markazi direktori;

·       Dilshod Saidjanov, Prezident Administrasiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi direktorining birinchi o`rinbosari;

·       Dilnozaxon Kattaxanova, Yoshlar ishlari agentligi direktori o`rinbosari;

·       Jamshid Urunov, Biznes-ombudsman o`rinbosari;

·       Ilxom Norkulov, iqtisodiy taraqqiyot va kambag`allikni qisqartirish vazirining birinchi o`rinbosari;

·       Oleg Pekos, axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o`rinbosari;

·       Olimjon To`ychiev, innovasion rivojlanish vaziri o`rinbosari

·       Otabek Hasanov, Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktorining birinchi o`rinbosari;

·       Rustam Karimjonov, xalq ta`limi vaziri o`rinbosari;

·       Sardor Kariev, Farmasevtika tarmog`ini rivojlantirish agentligi direktori;

·       Tursunboy Maxkamov, Kapital bozorini rivojlantirish agentligi direktori birinchi o`rinbosari;

·       Usman Sharifxadjaev, xalq ta`limi vazirining birinchi o`rinbosari;

·       Xilola Umarova, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashgan maktablarni rivojlantirish agentligi direktori;

·       Farxod Ibragimov, Toshkentdagi IT-park direktori;

·       Xudayor Meliev, adliya vaziri o`rinbosari;

·       Shodiyor Mamatqulov, maktabgacha ta`lim vaziri o`rinbosari.  

 

    Boshqa yangiliklar