AsosiyJamiyat

«Vaqf» fondiga yangi rahbar tayinlandi

'«Vaqf» fondiga yangi rahbar tayinlandi'ning rasmi

O`zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmatining ma`lum qilishicha, bugun, 19 noyabr kuni Toshkent shahri Shayxontohur tumani “Shayx Zayniddin” jome masjidi imom-xatibi Abdurahmonov Yahyo Ubaydullo o`g`li “Vaqf” xayriya jamoat fondi boshqaruv kengashi raisi vazifasiga tayinlandi.

Bu haqda “Vaqf” xayriya jamoat fondi Vasiylik kengashi yig`ilishida e`lon qilingan. Ma`lum qilinishicha, fondning avvalgi rahbari Iskandar Xalilov boshqa ishga o`tkazilgan.

Ma`lumot uchun: Abdurahmonov Yahyo 1985 yilda Sirdaryo viloyatida tug`ilgan. 1999-2003 yillarda Buxoro shahridagi “Mir Arab” madrasasini tamomlagan. 2004-2008 yillarda Toshkent islom institutida ta`lim olgan. Shu davr oralig`ida Misr Arab Respublikasidagi “al-Azhar” universitetida malaka oshirgan.
2009-2011 yillarda O`zbekiston milliy universitetining Oliy jurnalistika fakultetida o`qigan.
2004-2018 yillarda Toshkent shahri Yunusobod tumani “Kulol qo`rg`on” jome masjidida imom noibi, imom-xatibi vazifalarida mehnat qilgan.
2018 yilda Toshkent shahridagi tumanlararo qorilar musobaqasining mutlaq g`olibi, shahar bo`yicha 2-o`rin sohibi bo`lgan.
2018 yilda “Eng ma`rifatli imom” ko`rik tanlovi Toshkent shahridagi bosqichi g`olibi, Respublika bosqichida esa 2-o`rinni egallagan.
Ayni vaqtda Toshkent shahri Shayxontahur tumani bosh imom-xatibi, ushbu tumandagi “Shayx Zayniddin” jome masjidi imom-xatibi, Toshkent islom instituti “Tajvid” fani o`qituvchisi va Xalqaro islom akademiyasining mustaqil tadqiqotchisi hisoblanadi.
Yahyo domla Abdurahmonovga ushbu sharafli va mas`uliyatli vazifada Alloh taolodan kuch-quvvat va muvaffaqiyatlar so`raymiz.

 

    Boshqa yangiliklar