Yaqin bir hafta ichida Andjion viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonovga tegishli bo`lgani aytilayotgan audiolar ketma-ket tarqalyapti. Xususan, kuni kecha hokimning yig`ilishda aytilgan gaplari aks etgan uchinchi audio ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Unda hokim viloyatni rivojlantirish, obod qilish yuzasidan gapirib, bu boradagi ishlarni qo`shni Namangan va Farg`ona viloyatlaridagi holatlar bilan solishtirgan. Jumladan, Alisher Usmonov Namangandagi tumanlarni obod qilish uchun 50 million dollar ajratganini aytar ekan:
"Andijonlik qaysi iflos menga bir so`m pulini berib qo`yyapti? Namanganda 50 million dollarga u nima qilyaptiyu, bir so`m puli yo`q Andijon nima qilyapti? Solishtirib ko`r. Butun respublika keldi Namanganga. Hammasi kelishib tayyor pulni eya olmayapti", — degan Andijon viloyati hokimi.
Shuningdek:
"Bir-ikkita sassiq, hammang har yoqdan kelgansan. Ayt senlaram. Sharmandamisan? Vijdoning bormi, oriyating bormi? Menga emas Andijon. Hey iflos, nima deyapsan Andijonni? Xohlasang, besh-oltitang avtobusga o`tirginib, bor, o`tib kel Farg`onaga, Namanganga... Tashkilotlariga bor. Men nimadan qolib ketayotgan ekanman Andijonda..." - degan gaplar ham aytilgan.
Eslatib o`tamiz, avvalroq, Sh.Abdurahmonovning tarqalgan birinchi audiosida hokim jurnalistlarga nisbatan munosabatini bildirgan va qabuliga kelgan uch ayolni "tiqib qo`yganini" aytgan. Sal o`tib, viloyat hokimligi audio haqiqatdan ham hokimga tegishli ekanini ma`lum qilib, ayollarning "tiqib qo`yilgani" holatiga tushuntirish berilmagan edi. Undan keyin terqalgan ikkinchi audio viloyat rahbarining tadbirkorlar bilan munosabati haqida tasavvur beradi. Ya`ni Sh. Abdurahmonov kim Bosh vazirga murojaat qilsa, baribir o`ziga kelishi, mabodo, biror shikoyat Toshkent orqali kelsa, (murojaaatchining) ketiga (hokim shu so`zning qo`pol muqobilini ishlatadi) tepishini ta`kidlaydi.
Mavzuga oid: