AsosiyJamiyat

Bosh prokuratura moliya vaziri o`rinbosarining agrosektordagi qoidabuzarliklarga aloqasi bor yoki yo`qligini tekshirmoqda

'Bosh prokuratura moliya vaziri o`rinbosarining agrosektordagi qoidabuzarliklarga aloqasi bor yoki yo`qligini tekshirmoqda'ning rasmi

O`zbekiston bosh prokurori Nig`matulla Yo`ldoshev Bosh vazir o`rinbosari Jamshid Qo`chqorovga Qishloq xo`jaligini davlat tomonidan qo`llab-quvvatlash jamg`armasidan g`alla etishtirish uchun yo`naltirilishi kerak bo`lgan mablag`larni talon-toroj qilinishi bo`yicha tekshiruvni boshlash yuzasidan so`rov yubordi, deya yozmoqda "Gazeta.uz".

Xatda ta`kidlanganishicha, Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 28 fevraldagi qaroriga binoan tijorat banklari yiliga bir marta 1 sentyabrgacha donli ekinlarni etishtirish uchun  kredit buyurtmalarini Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo`jaligini davlat tomonidan qo`llab-quvvatlash jamg`armasiga topshirishlari shart.

Biroq, g`alla yig`im-terimi xarajatlarini moliyalashtirish to`xtatilganiga qaramay, «Agrobank» 25 may kuni "Melek don agro" MChJga 16,3 milliard so`m miqdorida kredit ajratgan. 26 may kuni mablag` allaqachon qabul qilingan, deyiladi xatda.

«Agrobank» Bo`ka filiali boshqaruvchisi A. Qurbonov va «Melek don agro» rahbari kredit shartnomasi asosida 16,3 milliard so`m mablag`ni g`alla hosilini etishtirishga yo`naltirmasdan, noqonuniy ravishda MChJning aylanma mablag`ini to`ldirish uchun berib yuborgan va bu qonunchilik normalariga zid keladi, deyilgan xatda.

Natijada ushbu mablag`larning 9,277 milliard so`mi Toshkent viloyati Bo`ka tumani hokimligining buyrug`ida ko`zda tutilmagan maqsadsiz xarajatlar uchun ajratildi. Xususan, g`alla tashish uchun transport xizmatlariga 4 milliard so`m, mineral o`g`itlar sotib olishga 600 million so`m, suv nasosini o`rnatish uchun 200 million so`m sarflandi, deyiladi xatda.

Bosh prokurorga ko`ra, shu kungacha ajratilgan 16,3 milliard so`mning 11,3 milliard so`mi qaytarilmagan.

Bundan tashqari, Surxondaryo viloyati Qumqo`rg`on tumani hokimligi 2019 yil 31 oktyabrdagi buyruq doirasida 45 ta fermer xo`jaligining 2147 gektar maydonida g`alla etishtirish xarajatlarini fyucher shartnomalari asosida moliyalashtirish uchun "Bek Agro Export" MChJga 7,3 mlrd. so`m ajratgan. Shunga qaramay, xatga ko`ra, Agrobank hech qanday tasdiqlovchi hujjatsiz kompaniyaga qo`shimcha 4 milliard so`m ajratdi.

Qayd etilishicha, «Agrobank» Qumg`o`rg`on filiali menejeri S. To`raqulov va "Bek Agro Export" rahbari E.Ergashev ham ushbu mablag`larni aylanma mablag`larni to`ldirishga yo`naltirgan. Ular mineral o`g`itlar sotib olishga 130 million, urug`lik donlarga 1 milliard, lizing to`lovlari uchun 243,6 million, ish haqi 54 million, xayriya tadbirlariga 20 million so`m, sug`urta 8,9 million, kimyoviy moddalar sotib olishga 31, 2 million sarflagan, shuningdek, kompaniya rahbariga tegishli bo`lgan "Bek Kumak" texnik xizmatlari uchun ham pul o`tkazgan.

Maktubdan ko`rinib turibdiki, ushbu holatlarga aloqador shaxslar o`zlarining tushuntirish yozuvlarida moliya vazirining o`rinbosari Abdimuxtor Ergashev mablag` ajratishga majbur bo`lganliklarini bildirishdi. Fond kengashi va «Agrobank»ka va ukasi tomonidan boshqariladigan "Bek Agro Export" kompaniyasiga 4 milliard so`m va "Melek don agro" ga 16,3 milliard so`m ajratish to`g`risida ko`rsatma bergan.

Bosh prokuror Nigmatilla Yo`ldoshev jamg`arma mablag`larini ajratish va sarflashning qonuniyligini va Moliya vazirligi mansabdor shaxslarining ushbu ish bilan bog`liqligini tekshirishni va 16 noyabrgacha xulosa berishni iltimos qildi.

Jamshid Qo`chqorov 16 noyabr kuni mas`ul vazirliklar, jamg`arma va «Agrobank»ka vaziyatni har tomonlama o`rganish va xulosa berishni topshirdi.

Moliya vazirligi matbuot xizmati  davom etayotgan tekshiruv haqidagi ma`lumotni tasdiqlagan va tekshiruv qonunchilik doirasida o`tkazilishini va Bosh prokuratura xulosa berishini qo`shimcha qilgan.

 

    Boshqa yangiliklar