Farg`onada bosqinchilik va qotillik qilganlardan biriga umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi

Jamiyat 20.11.2020, 21:06
Teglar: Farg`ona
Farg`onada bosqinchilik va qotillik qilganlardan biriga umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi

Jinoyat ishlari bo`yicha Farg`ona viloyati sudi tomonidan Qo`qon shahrida o`zganing mulkini bosqinchilik yo`li bilan qo`lga kiritish maqsadida xonadonga g`ayriqonuniy ravishda kirib, er-xotinni vahshiylarcha o`ldirgan uch nafar shaxsga sud hukmi o`qildi, deya xabar bermoqda O`zA.

Panjara ortida o`tirgan sudlanuvchilar aynan navqiron yoshda, hatto ulardan biri uylanmagan. Shunday davrda mudhish jinoyatga qo`l urib, ota-onalari va yaqinlarining orzu-umidlarini sarobga aylantirishdi. Bu voqea Qo`qonda shov-shuv bo`lib, ko`pchilikni g`azablantirdi.

Sudlanuvchilar (O`zbekiston tumani) fuqaro M.R, F.T va S.O oldindan jinoiy til biriktirib, joriy yilning 6 yanvar kuni soat 01:30 larda Qo`qon shahar Jasorat ko`chasida F.N.ning yashash xonadoniga o`g`irlikka tushishadi. Ular yuzlariga niqob taqib, qo`llariga qo`lqop kiygan hamda skotch, arqon va ikki dona pichoq bilan qurollangandi. Bu paytda uy egalari shirin uyquda edi. S.O vaziyatni kuzatish uchun hovlida qoladi. M.R va F.T moddiy boyliklarni egallash uchun uy ichkarisiga kirib, yotoqxonaga o`tishgan. U erda uxlab yotgan xonadon egasining turmush o`rtog`iga bir marotaba pichoq urib, shovqindan uyg`ongan F.N.ga ham bir necha marotaba pichoq bilan jarohat etkazgan. Bu ishlarini davom ettirib, er-xotinni o`ta shafqatsizlik bilan o`ldirgan.

Xo`sh, bu yosh yigitlarni bunday qotillikka nima undagan edi? Sudda M.Rning aytishicha, boshqalardan pul qarzi ko`payib qolganligi uchun o`ziga to`q oilalarning uyiga o`g`rilikka tushishni maqsad qilgan. Bu ishga qarindoshlarini ham jalb etib, F.N.ni Qo`qon shahridan uy olishidan xabar topadi. Unda katta miqdorda pul borligini taxmin qilganligini bildirib, ana shunday qabohatga qo`l urgan.

Dastlabki tergov organi sudlanuvchilarning farazlariga asoslanib, ularni juda ko`p miqdordagi mulkni bosqinchilik bilan egallashda ayblagan. Ishda M.R, F.T va S.Oning 80 ming AQSh dollarini bosqinchilik bilan egallaganini tasdiqlovchi dalillar to`planmagan. Sud jarayonida bunday dalillar aniqlanmadi.

Jinoyat ishlari bo`yicha viloyat sudining sudyasi B.Ergashevning O`zA muxbiriga ma`lum qilishicha, sud hukmi bilan M.Rga uzil-kesil umrbod, F.Tga 25 yil, S.Oga esa 23 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

 

Sharhlar

Farg`onadagi ekin dalasiga yangi tug`ilgan chaqaloq tashlab ketildi (video)

04.11.2023, 12:37

Farg`onada yangi tug`ilgan chaqaloq tashlab ketildi. "Zamon" dasturida mazkur hodisa bo`yicha tafsilotlar ma`lum qilindi.Ma`lum bo`lishicha, Farg`ona tumani Yuqori archa MFY hududidagi katta dalaga yangi tug`ilgan,...
Farg`onada mashina oynalarini sindirib tashlagan shaxs uzr so`rab chiqdi va u javobgarlikka tortildi (video)

03.08.2023, 09:23

Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda erkak o`zganing mashinasini katta ko`chada tosh bilan urib, mashinaning oynalarini sindirib, pachoqlab tashlagani aks etgan video tarqaldi.Ma`lum bo`lishicha, fuqaro Sh.S. “Yandeks”...
Farg`onada 4 ta erkak bir ayolni urib, jinsiy tajovuz qilgani aniqlandi(video)

16.07.2023, 21:49

Internet ijtimoiy tarmoqlarda Beshariq tumanida oilali, ikki nafar farzandli ayolni to`rt nafar erkak zo`rlanganligi haqidagi videoxabarlar tarqaldi. Holat Farg`ona viloyati IIB tomonidan o`rganib chiqildi.Ma`lum bo`lishicha,...
Farg`onada erkak xotini va qaynotasini pichoqlab o`ldirdi (video)

29.04.2023, 11:56

Farg`ona viloyatida dahshatli qotillik yuz berdi. Bu haqda "Millar" dasturida xabar qilindi.Ma`lum qilinishicha, erkak o`zining xotini va qanotasini vahshiylarcha pichoqlab o`ldirgan. Bunga sabab oilaviy kelishmovchilik...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1