Bugun 18 yanvar kuni Turkiya janubiy-sharqidagi Kilis provinsiyasida joylashgan o`rta maktab binosida portlash sodir bo`ldi. Bu haqda “Lenta.ru” xabar bermoqda.
Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, yaralanganlar orasida maktab o`quvchilari ham bor. Halok bo`lganlar soni hozircha ma`lum emas.
Today's Zaman nashrining xabar berishicha, halok bo`lganlar soni hozircha kamida ikki kishini tashkil etmoqda. Portlash mahalliy vaqt bilan 09:30 larda sodir bo`lgan. Hodisa joyiga tez yordam va qutqaruv xizmati etib kelgan.
Mahalliy hokimiyat vakillari portlash sabablarini o`rganmoqda. Taxmin qilinishicha, Suriya tomonidan tashlangan mina maktab hududida portlab ketgan bo`lishi mumkin.
Eslatib o`tamiz, 12 yanvar kuni Istanbul shahri markazidagi Sultonahmad maydonida terakt yuz berishi oqibatida 10 kishi halok bo`lgan edi. Mamlakat hukumatining aniqlashicha, teraktni “Islom davlati” terrorchilik tashkiloti a`zosi sodir etgan.





