AsosiyJamiyat

11 yo`lovchida koronavirus aniqlangani sabab Toshkent-Sian yo`nalishi bo`yicha parvozlar vaqtincha to`xtatildi

'11 yo`lovchida koronavirus aniqlangani sabab Toshkent-Sian yo`nalishi bo`yicha parvozlar vaqtincha to`xtatildi'ning rasmi

"O`zbekiston havo yo`llari"ning Toshkent-Sian yo`nalishi bo`yicha parvozlar vaqtincha to`xtatildi. Bu haqda Sinxua yangiliklar agentligi xabar berdi, deb yozmoqda Spot.

Parvozning to`xtatilishiga 5 noyabr kuni amalga oshirilgan reysning 11 yo`lovchisida COVID-19 uchun testning ijobiy natija ko`rsatgani sabab bo`lgan.

HY501 reysining to`xtatilishi 23 noyabrdan boshlab to`rt hafta davom etadi, deyiladi xabarda.

4 iyun kuni Xitoyning fuqaro aviasiyasi ma`muriyati COVID-19 tarqalishini oldini olish uchun xalqaro yo`lovchi tashishni rag`batlantirish va to`xtatib turish mexanizmini joriy qildi.

Shunday qilib, agar mamlakatga etib kelgan barcha havo yo`lovchilari ketma-ket uch hafta davomida koronavirusga qarshi salbiy sinovlarni o`tkazsalar, u holda aviakompaniya parvozlar sonini haftasiga ikkitaga ko`paytirish uchun ruxsat oladi.

Ammo, agar COVID-19ga topshirgan testi ijobiy chiqqan yo`lovchilar soni 5 nafarga etsa, u holda ushbu parvoz bir haftaga to`xtatiladi. Agar bunday yo`lovchilar soni 10 nafarga etadigan bo`lsa, u holda ushbu yo`nalishdagi parvozlar to`rt hafta davomida to`xtatiladi.

"O`zbekiston havo yo`llari" aviakompaniyasi bekor qilingan parvoz kvotalarini boshqa yo`nalishlarga o`tkazishga haqli emas, deyiladi xabarda.

Eslatib o`tamiz, avvalroq "O`zbekiston havo yo`llari" Sharjaga parvozlarni qayta tiklagani va Dubayga qatnovlar sonini ko`paytirgani haqida xabar berilgan edi. 

Boshqa yangiliklar