Urgut tumanida bo`lib o`tayotgan xalq deputatlari tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Jabborov Botir Shukurovichning nomzodi tuman hokimi lavozimiga tasdiqlandi. Bu haqda Samarqand viloyati hokimligi Matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Eslatib o`tamiz, viloyat hokimi Erkinjon Turdimov ishtirok etayotgan sessiyada deputatlar tomonidan Narpay tuman hokimi vazifasini bajaruvchi etib Rahmanov Sherzod Shuxratovichning nomzodi tasdiqlangan edi.