AsosiyJamiyat

Buxoroda boshqaruvni yo`qotgan haydovchi “Lasetti” si bilan kanalga ag`darilib ketdi

'Buxoroda boshqaruvni yo`qotgan haydovchi “Lasetti” si bilan kanalga ag`darilib ketdi'ning rasmi

  2020 yil 20 noyabr tungi soat 02:00larda Buxoro viloyati Romitan tumani Qalaychorbog` mahallasida istqomat qiluvchi fuqaro K.R. o`z boshqaruvidagi “Lasetti” avtomobilida Sepatta qishlog`i hududida harakatlanayotgan vaqtda boshqaruvni yo`qotib, O`zbekiston kanaliga ag`darilgan. Bu haqda FVV ma`lum qildi.

 Baxtsiz hodisaning guvohi bo`lgan fuqaro tomonidan Romitan tumani FVBga xabar berilib, voqea joyiga FVV qutqaruvchilari zudlik bilan etib borgan. Qutqaruvchilar tomonidan olib borilgan qutqaruv ishlari davomida kanalga ag`darilgan mashina ichidan olib chiqilgan K.R.ning hayoti saqlab qolinib, zarur yordam ko`rsatilgan.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi transport boshqaruvchi fuqarolarni yana bir bor ogohlikka chaqirib, baxtsiz hodisa to`g`risida qutqaruv xizmatiga tezkor xabar bergan shaxsga o`z minnatdorchiligini bildiradi

    Boshqa yangiliklar