15 noyabr kuni Yashnobod tumani ichki ishlar organlariga 36 yoshli Anvar K. murojaat qilib, shu kuni taxminan soat 19.00 da masjidga kelib kurtkasini kirish eshigi oldida qoldirganligini, bBir ozdan so`ng esakurtkasini qoldirgan joyda topa olmaganligini aytgan.
Mazkur fakt asosida O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169 moddasi (“O`g`rilik”) bo`yicha jinoiy ish qo`zg`atildi. Ko`rilgan choralar natijasida gumonlanuvchi – 28 yoshli Jasur A. qo`lga olindi. Tergov davom etmoqda.