O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati markazidan berilgan ma`lumotlariga ko`ra, 2020 yil 22 noyabr kuni A-373 “Toshkent-O`sh” avtomobil yo`lining “Qamchiq” dovoni qismida vaqti-vaqti bilan qor yog`ishi, shamol tezligi 7-12 m/s gacha kuchayishi, harorat kechasi 10-13 daraja, kunduzi 5-8 daraja sovuq bo`lishi, yo`llarda qor uyumlari, yaxmalak hosil bo`lishi kutilmoqda, deya xabar bermoqda Faqulodda vaziyatlar vazirligi Axborot xizmati.
"Shu munosabat bilan, yo`l transport hodisalari bilan bog`liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadida, dovon hududida harakatlanishda haydovchilardan barcha xavfsizlik choralarini ko`rishlarini iltimos qilamiz", deyiladi xabarda.