AsosiyJamiyat

Seysmologlar O`zbekistonda kuzatilayotgan seysmik faollik qachongacha davom etishini aytishdi

O`zbekiston hududida 2016 yilning dastlabki haftalari davomida intensivligi ikki balldan yuqori bo`lgan kamida olti zilzila sezildi.

Yilning birinchi erosti silkinishlari 1 yanvar kuni Toshkent vaqti bilan 8:26 da qayd etildi — zilzila intensivligi Andijonda 2—3 ballni tashkil qildi.

O`zbekiston Fanlar akademiyasi Seysmologiya instituti direktori Sabriddin Husamiddinovning Daryo.uz nashriga bergan intervyusida quyidagilarni aytib o`tdi:

“Kuzatilayotgan kuchsiz zilzilalar to`planib qolgan ortiqcha kuchlanishlarni tarqatish bilan bog`liq odatiy jarayondir. Aslida shunday kuchsiz zilzilalar bo`lmasa, hushyor tortamiz”.

Mutaxassislarning qayd etishicha, Markaziy Osiyo va O`zbekiston hududida kuzatilayotgan seysmik faollik 2018 yilga qadar davom etishi mumkin.

 

    Boshqa yangiliklar