2020 yil 21 noyabr soat 19:16 larda Qibray tumani, Guliston-3 ko`chasi, 15-uyda gaz-havo aralashmasining chaqnashi sodir bo`ldi. Chaqnash oqibatida uyning bir qismi qulab tushdi, qolgan qismining devorlari va shifti hosil bo`lgan kinetik zarba natijasida, deformasiyaga uchragan. Bu hada FVV xabar berdi.
FVV tomonidan olib borilgan qidiruv-qutqaruv ishlari vaqtida uy vayronalari ostidan soat 19:45da uy egasi X.N og`ir ahvolda olib chiqilib, Toshkent shahar 7-sonli klinik kasalxonasiga yotqazildi, olib borilgan reanimasion muolajalarga qaramasdan, bemor soat 20:45 da vafot etgan.
Shuningdek, olib borilgan qidiruv-qutqaruv ishlari davomida soat 23:06da uy egasining o`g`li A.A. ning jasadi topildi.
Gaz-havo aralashmasining chaqnashi xonadon yonidan o`tgan er osti gaz quvuridan tabiiy gaz sizib chiqib, xonadoning erto`la qismiga to`planishi taxmin qilinmoqda.
Voqea joyiga viloyat hokimligi, FVB, IIB, SSB, Prokuratura va boshqa tegishli idoralarning kuch va vositalari jalb etilib, avariya tiklash va surishtiruv ishlari olib borilmoqda.






