AsosiyJamiyat

Toshkent shahar IIBB poytaxt aholisi va mehmonlarini ogohlantirmoqda

'Toshkent shahar IIBB poytaxt aholisi va mehmonlarini ogohlantirmoqda'ning rasmi

Toshkent shahar IIBB poytaxt aholisi va mehmonlarini tabiat iqlim sharoitlarida yo`llarda ehtiyotkor bo`lishga chaqirmoqda:

"Sizlardan hozirgi ob-havo sharoitida avtomobilingizni belgilangan qoidalarga rioya qilib oraliq masofani qat`iy saqlagan holda harakatlanishingizni, avtomobilni boshqarishdan oldin mavsumiy texnik talablarga javob berishini yana bir bor ko`zdan kechirishingizni iltimos qilamiz. Shinalar mavsumiy va  protektori me`yorida bo`lishi, dvigatelning sovutish tizimida qo`llaniladigan suyuqlik (antifriz) talabga javob berishi, oyna tozalagich moslamasi ishchi holatda bo`lishi, isitish tizimi, to`xtatish tizimi soz holda bo`lishi, favqulodda qo`llanilishi lozim bo`lgan jihozlar (o`t o`chirgich, dori qutisi jamlanmasi, avariya sababli to`xtaganlikni bildiruvchi yo`l belgisi va nimcha) doimo mavjud bo`lishi lozim.

Agarda avtomobilda harakatlanishga to`g`ri kelsa, sirpanchiq yo`lda avtomobilni to`g`ri boshqarish ko`nikmasiga ega bo`lishingiz lozim. Zarurat bo`lmasa, vaqtincha umumtransport vositasidan foydalanib turganingiz ma`qul. Sizlarning yo`ldagi xavfsizligingizning ta`minlash – bizning burchimizdir", deyiladiToshkent shahar IIBB YHXB Matbuot xizmati xabarida.

    Boshqa yangiliklar