SSV rasmiy kanali ma`lum qilishicha, 2020 yil 22 noyabr coat 20:00ga qadar O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 71 617 (+65) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
5 nafari Toshkent viloyatida,
60 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Bugun ayni paytga qadar:
Andijon viloyatida 2 nafar,
Qashqadaryo viloyatida 3 nafar,
Navoiy viloyatida 4 nafar,
Toshkent viloyatida 26 nafar,
Toshkent shahrida 81 nafar bemor tuzaldi.
Shunday qilib, yurtimizda 68827 (+116) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar tuzaldi va sog`ayish ko`rsatkichi 96 foizni tashkil qilmoqda.
Hozirda mamlakatimizda 2 187 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda.






