Joriy yilning 20 noyabr kuni Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligida bo`lib o`tgan uchrashuvda Afg`oniston Islom Respublikasi Prezidenti Devoni raisi Muhammad Shokir Korgar, AIR Oliy ta`lim vaziri o`rinbosari Abdul Tavob Bolokarzay, AIR O`zbekistondagifavqulodda va muxtor elchisi Ahmad Holid Elmiy va boshqalar ishtirok etishdi. Bu haqda Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Vazir o`rinbosari U.Begimkulov respublikamizda oliy ta`lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar to`g`risida axborot berar ekan, AIR talaba yoshlarini etuk mutaxassis qilib etishtirish borasidagi yutuqlarga alohida e`tiborini qaratdi.
AIR Prezidenti Devoni raisi Muhammad Shokir Korgar, AIR Oliy ta`lim vaziri o`rinosari Abdul Tavob Bolokarzaylar o`z chiqishlaridaesa birinchi navbatda ,O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevga AIRga har tomonlama yordam qo`lini cho`zayotgani, xalqaro hamjamiyat oldida ushbu mamlakatning muammolarini hal qilish masalasini ko`tarib chiqayotgani uchun minnatdorchilik bildirdilar. Ikki davlat o`rtasida o`zaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini mustahkamlash borasida so`z borar ekan, Afg`oniston tomoni O`zbekistonda temir yo`l transporti tizimida 90 000 ishchi-xizmatchilar faoliyat ko`rsatgan bir vaqtda, AIRda ushbu soha bo`yicha etuk mutaxassislar etishmasligini ma`lum qildi.
Shuningdek, agrar mamlakat hisoblangan AIR uchun qishloq xo`jaligi, jumladan zooveterinariya sohasida mutaxassislarga ehtiyoj katta ekanligi ham ta`kidlandi.
Muhandislik, energetika sohalarida ham kadrlar tanqisligi mavjud bo`lib, bu borada ham O`zbekiston oliy ta`lim muassasalari bilan hamkorlik qilishga katta ehtiyoj borligi ta`kidlab o`tildi.
Eslatib o`tamiz, 2017 yil 13 noyabrda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi huzurida Afg`oniston fuqarolarini o`qitish ta`lim markazi faoliyatini tashkil etish to`g`risida»gi 911-son qarori qabul qilingan edi. Mazkur qarorga muvofiq, tashkil etilgan Markazda 2018-2019 o`quv yili davomida 96 nafar«O`zbek tili va adabiyoti» yo`nalishida talabalar tahsil oldilar va Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o`zbek tili va adabiyot universitetining bakalavr diplomiga ega bo`ldilar.
Hozirgi kunda markazda 172 nafar talaba tahsil olayotgan bo`lib, shundan 25 nafar talaba 2018 yildan buyon «Er usti transportlari tizimlari va ularning ekspluatasiyasi» yo`nalishida, 147 nafar talaba 2019 yil 25 noyabrdan (119nafari «O`zbek tili va adabiyoti», 10 nafari «Er usti transportlari tizimlari va ularning ekspluatasiyasi» (lokomotivlar, vagonlar) hamda 18 nafar talabalar «Akusher-ginekolog va hamshiralik ishi» yo`nalishi bo`yicha) tahsil olmoqda. E`tiborli jihati, Afg`oniston Islom Respublikasi talaba yoshlari tahsil olayotgan Afg`oniston fuqarolarini o`qitish ta`lim markazi faoliyati samarali yo`lga qo`yilgani, u erda sifatli ta`lim olish va yashash uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgani alohida qayd etib o`tildi. Uchrushuvda yana bir tashabbus o`rtaga tashlandi. AIR tomonidan Afg`onistonning Balx universiteti bilan hamkorlikda magistratura mutaxassisliklarini ochish, Qobul universiteti qoshida O`zbek tili va adabiyoti folklori tadqiqot markazini tashkil qilish, shu universitet bazasida ikki mamlakat olimlari hamkorligida ilmiy jurnal nashr etish takliflari ilgari surildi.Shuningdek, yuqorida qayd etilgan masalalardan tashqari, shu kuni imzolanishi rejalashtirilayotgan «O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi va Afg`oniston Islom Respublikasi Oliy ta`lim vazirligi o`rtasida afg`onistonlik talabalarni O`zbekistonda oliy ma`lumot olish uchun yo`naltirish bo`yicha o`zaro anglashuv memorandumi» mazmuni yuzasidanham fikr almashildi, ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishga oid boshqa masalalar ham muhokama qilindi.