AsosiyJamiyat

Nukusda ijarada yashayotgan 4 nafar talaba, Yangiyo`lda esa bir oila is gazidan zaharlandi

'Nukusda ijarada yashayotgan 4 nafar talaba, Yangiyo`lda esa bir oila is gazidan zaharlandi'ning rasmi

Qoraqalpog`iston markazidagi ko`p qavatli uylarning birida ijarada yashab kelayotgan Nukus davlat pedagogika institutining to`rt nafar talabasi (hammasi qizlar) xonadonda o`rnatilgan isitish qozonxonasi quvuridan sizib chiqqan is gazidan zaharlanishdi. Bu haqda "xabar.uz" Bosh prokuratura matbuot xizmatiga tayanib xabar bermoqda. 
Voqelik 20 noyabr kuni ertalab ma`lum bo`lgan.

Shu kunning  o`zida Yangiyo`l tumani Qovunchi mahalla fuqarolari yig`ini hududida istiqomat qiluvchi bir oilaning besh nafar a`zosi (ota-ona, uch nafar voyaga etmagan farzand) ham yashab kelgan uyning oshxonasida is gazidan zaharlangani aytilmoqda.

Zaharlanganlarning barchasi shifoxonaga yotqizilgan. Vafot etganlar haqida ma`lumot yo`q.

Bosh prokuratura matbuot xizmatiga ko`ra, har ikki holat bo`yicha (mahalliy prokuratura organlari  tomonidan) tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o`tamiz:

2020 yil 6 noyabr kuni Sirdaryoda yosh kelin-kuyov is gazidan zaharlanish oqibatida vafot etishdi.

30 oktyabr kuni Navoiyda kollej o`quvchisi bo`lgan aka-uka uyida is gazidan zaharlanib vafot etdi.

Shuningdek, oktyabr oyida nikoh to`yiga ikki kungina bo`lgan yosh kelin-kuyov is gazidan zaharlanib vafot etdi

 

 

    Boshqa yangiliklar