AsosiyJamiyat

Jizzaxda qorda qolib ketgan 14 nafardan ziyod haydovchi va yo`lovchilarga yordam berildi

'Jizzaxda qorda qolib ketgan 14 nafardan ziyod haydovchi va yo`lovchilarga yordam berildi'ning rasmi

 FVV Jizzax viloyati boshqarmasi qutqaruchilari tomonidan Do`stlik, Baxmal tumanlari va Jizzax shahrida qorga tiqilib qolgan avtomobillar chiqarib olinib, 14 nafardan ziyod haydovchi va yo`lovchilarga tibbiy va psixologik yordam ko`rsatildi. Bu haqda FVV Axborot xizmati xabar bermoqda. 

"Yo`llar muzlashi oqibatida  sirpanchiqlar yuzaga kelishi, tuman tushishi va ko`rinish darajasining yomonlashuvi ehtimoli saqlanib qolmoqda. Shu munosabat bilan haydovchi va yo`lovchilardan ehtiyot choralarini ko`rishlarini so`raymiz", - deyiladi xabarda. 

    Boshqa yangiliklar