Vazirlar Mahkamasining 17.11.2020 yildagi «Yog`-moy mahsulotlarining xavfsizligi to`g`risidagi umumiy reglamentni tasdiqlash haqida»gi 724-son qarori qabul qilindi.
«Texnik jihatdan tartibga solish to`g`risida»gi Qonunga muvofiq Yog`-moy mahsulotlarining xavfsizligi to`g`risidagi umumiy reglament tasdiqlandi va u rasmiy e`lon qilingan kundan boshlab 3 oy o`tgach amalga kiritiladi.
Yog`-moy mahsulotlari reglamentda nazarda tutilgan sanitariya qoidalari, normalari va gigienik normativlarga muvofiq bo`lishi lozim, ularga rioya etilishi ushbu mahsulotlarni ishlab chiqarish, qadoqlash, saqlash, tashish va muomalaga chiqarishda majburiy hisoblanadi.
Reglament talablari sanoat usulida ishlab chiqarilmagan, shuningdek ozuqaviy bo`lmagan yog`-moy mahsulotlariga tatbiq etilmaydi, tabiiy xom gliserin va xo`jalik sovuni bundan mustasno.
Turli yog`-moy mahsulotlari, shu jumladan ozuqaviy va ozuqaviy bo`lmagan mahsulotlar, o`simlik yog`lariga qo`yiladigan talablar reglamentga ilovada keltiriladi.
Iste`molchilar tomonidan identifikasiya qilish uchun mahsulotlar turli guruhlarining xususiyatlari va ularni tasniflovchi belgilar alohida keltiriladi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma`lumotlari milliy bazasida e`lon qilingan va 17.11.2020 yildan kuchga kirdi.






